12.08.2019 209

Hurmatli tadbirkorlar!


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, bo'sh turgan ob'ektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida xujjat loyixasi yuzasidan takliflar aholi o'rtasida keng muhokamaga berildi.

Unda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov bir oy muddatda har bir tumanda 5-bandda keltirilgan ro'yxatdagi aholini nomoliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan joylarda malakasini, tadbirkorlik va yuridik savodxonligini oshirish bo'yicha jumladan xalqaro moliya tashkilotlari mablag'larini jalb qilgan holda o'qitish dasturini ishlab chiqish hamda tizimli o'qitishni tashkil etish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qaror asosida hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan bir qator davlat organlari rahbarlariga ham  muhim vazifalar berilgan.

Berilgan takliflar asosida tadbirkorlar kengashlari va savdo sanoat palatalari bilan salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda, loyihalarni ishlab chiqish, kredit, yer maydonlari va bino-inshootlar ajratish, infratuzilmaga ulanish bilan bog'liq barcha masalalarni hal qilishga qaratiladi.

Qaror loyihasi bilan qo'yidagi regulation.gov.uz  xavola orqali tanishib chiqib, 2019 yil 25 avgust kuniga o'z takliflaringizni qadar qoldirishingiz mumkin.


O'z SSP Axborot xizmati