14.08.2019 587

O'zbekiston va Germaniya kompaniyalari ishtirokida «В2В» formatidagi kooperatsion birja o'tkazildi.


O'zbekiston va Germaniya kompaniyalari ishtirokida «V2V» formatidagi kooperatsion birja o'tkazildi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan birgalikda 2019 yil 13-16 avgust kunlari Germaniya Federal Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etdi.


Ushbu tashrif doirasida, 2019 yil 14 avgust kuni qo'shma biznes loyihalarini amalga oshirish maqsadida o'zbek va nemis kompaniyalari ishtirokida «V2V» formatidagi kooperatsion birja o'tkazildi.

Delegatsiya tarkibidan qishloq xo'jaligi, uzumchilik, chorvachilik, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi kompaniyalar o'rin olgan.

Ushbu uchrashuvning maqsadi - O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, Germaniya kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iboratdir.

Tadbir davomida Germaniya delegatsiyasi vakillari O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning ijobiy dinamikasini ta'kidlab, respublikamiz hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni yuqori baxoladilar.

Reynland-Pfals fedaral o'lkasi Iqtisodiyot, transport, qishloq xo'jaligi va uzumchilik vazirligi boshqarma boshlig'i, delegatsiya rahbari Dj. Vayngarten, “Davlatingiz rahbari olib borayotgan iqtisodiy siyosati hamda islohotlar Germaniyada iliq taassurotlar uyg'otmoqda. Shu tufayli biz tarafdan O'zbekiston iqtisodiyot sohasida nemis kompaniyalarining a'lo darajadagi sifatli texnikalarini yetkazib berish imkoniyati mavjud. Bugungi uchrashuv esa O'zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari o'rtasida kelgusida tajriba va fikr almashish uchun yangi imtiyozlar yaratdi” - deya, ommaviy axborot vositlariga intervyu berdi.

Hozirgi kunda O'zbekistonda Germaniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 161 ta korxona, shu jumladan, 100% foiz chet el kapitali ishtirokidagi 42 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda.

2019 yilning birinchi choragida o'zaro savdo hajmi 137,8 mln.AQSH dollarni tashkil etdi, xususan: eksport - 9,4 mln.AQSH dollarni, import - 128,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Eksportning asosiy pozitsiyalari: transport, telekommunikatsiya va turizm, trikotaj va to'qimachilik maxsulotlari, noorganik kimyo mahsulotlari, dukkakli o'simliklar va sabzavotlar, paxta iplari va matolari, meva maxsulotlari va boshqalar.

Import: mexanik va elektr jihozlari, transport vositalari, farmatsevtika mahsulotlari, turli xil xizmatlar, kimyoviy mahsulotlar, jonli hayvonlar, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, atirlar, kosmetika va gigiena vositalari va boshqalar.

 

O'z SSP Axborot xizmati