23.08.2019 675

Guliston shahrida Sirdaryo viloyatining birinchi xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi


Joriy yilning 22-avgust kuni Guliston shahrida Sirdaryo viloyatining Birinchi xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi, unda davlat idoralari, mahalliy va xorijiy ishbilarmon doiralar vakillari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning rahbarlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Forumning ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov forum qatnashchilariga mamlakatning iqtisodiy ahvoli, biznes imkoniyatlari, mamlakatimizda yaratilgan sarmoyaviy muhit, xorijiy sarmoyadorlar uchun Sirdaryo viloyatida biznes yuritishning afzalliklari to'g'risida ma'lumot berdi. 

Ma'ruzalardada mintaqaning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi noyob imkoniyatlari, shuningdek, qulay jug'rofiy joylashuvi, resurs bazasi, infratuzilma va mehnat resurslari bilan ta'minlanganligi haqida ham so'z bordi.

Shuningdek, forum davomida Sirdaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan "Invest in Sirdaryo" ma'lumotnomasi taqdim etildi.

Shuningdek, forum doirasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiy rivojlanish, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, muqobil energetikani rivojlantirish, ekoturizm, agroturizm, shuningdek sanoat sektorini rivojlantirish kabi mintaqaviy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha sektsion yig'ilishlar bo'lib o'tdi.

Sirdaryo viloyati hokimiyatining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari uchun alohida qabul tashkil etildi.

Dasturni davom ettirishda B2B kooperatsion birjasi tashkil etildi, milliy mahsulotlar ko'rgazmasi ochildi va Sirdaryo viloyati hokimiyati nomidan brifing bo'lib o'tdi, uning davomida forum yakunlari e'lon qilindi - Forum tadbirlari doirasida 200 million AQSh dollarga yaqin savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Телеграм канал