23.08.2019 558

"Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"


Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorda:

- 2019 yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturi;
- 2019 yilda Andijon viloyatida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo'yicha yo'nalishlar kesimidagi taqsimot va manzilli ro'yxat;
- Andijon viloyatida 2019 yil davomida bandlik dasturi asosida xotin-qizlar uchun yaratiladigan qo'shimcha ish o'rinlarining yo'nalishlari bo'yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, qarorga asosan O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, Andijon viloyati hokimligi, “O'zpaxtasanoat” AJ, “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi zimmasiga sohaga oid vazifalar yuklandi.

Hujjatning rasmiy to'liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.