06.09.2019 531

ETTB O'zbekistonlik eksportchilar va importchilar uchun moliyalashtirishning yangi imkoniyatlarini taklif etadi


ETTBning savdoni rivojlantirishga ko'maklashish dasturi (TFP) doirasida Asaka bank uchun 20 million dollar miqdoridagi savdoni moliyalashtirish kredit limiti ochildi.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bunday qo'llab-quvvatlash davlat bankiga savdoni moliyalashtirish mahsulotlari turlarini kengaytirishga yordam beradi va investitsiyalar energiya xavfsizligi va korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Bundan tashqari, savdoni moliyalashtirish uchun kredit butun O'zbekiston bo'ylab 22 ta filialga ega bo'lgan "Asaka" bankka savdo operatsiyalarini kengaytirishni istagan mahalliy kompaniyalarga moliyaviy resurslar bilan ta'minlash, shuningdek, import-eksport operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash, savdo-sotiqni moliyalashtirish bo'yicha mahsulotlar turlarini va xizmatlarini kengaytirish uchun yordam beradi.

TFP dasturi ETTB sarmoya kiritadigan mamlakatlarda, shu jumladan, ushbu mamlakatlar va ularning ichidagi xalqaro savdoning rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu dastur asosida ETTB ushbu mamlakatlarning banklari tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro savdo operatsiyalarining siyosiy va tijorat to'lovlari xavfini o'z zimmasiga olgan xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolat beradi.

Ma'lumot: 

Bu ETTBning O'zbekistondagi dasturiga qo'shilgan yettinchi hamkor bankdir. Savdoni rivojlantirishga ko'maklashish dasturi eksportchilar va import qiluvchilar, shu jumladan kichik va o'rta korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatini ta'minlaydi, mahalliy muvofiqlikni kuchaytiradi va savdoni moliyalashtirish ko'nikmalarini yaxshilaydi. Asosiy e'tibor xususiy sektor faoliyatini qo'llab-quvvatlash va ekologik toza texnologiyalar, materiallar va xizmatlar savdosini rivojlantirishga qaratiladi.

2017 yilda ETTBning O'zbekiston bilan aloqalari tiklanganidan so'ng, TFP jamoasi ikkita mintaqaviy konferentsiya va oltita o'quv seminarlarini o'tkazdilar, ularda 500 ga yaqin mahalliy bank mutaxassislari ishtirok etdilar. 2019 va 2020 yillarda ETTB hukumat bilan xalqaro savdoni moliyalashtirish mahsulotlari, shu jumladan faktoring va moliyaviy texnologiyalar uchun yaxshilangan ishbilarmonlik muhitini yaratishda yordam berish uchun qonunchilik va tartibga solishni takomillashtirish bo'yicha ishlaydi.

Bugungi kunga qadar ETTB O'zbekiston iqtisodiyotidagi 70 ta loyihaga 1,3 mlrd evro mikdorida sarmoya kiritgan.