15.09.2019 399

“Oʼzbekiston hunarmandchiligi durdonalari“ nomli kitob-alьbom chop etildi


Oʼzbekiston Savdo sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Oʼzbekiston hunarmandchiligi durdonalari” nomli kitob-alьbom oʼzbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi. Ilk bor jahon hunarmandlarini yurtimizga jamlagan festivalga bu munosib tuhfa boʼldi.

Festivalь munosabati bilan chop etilgan mazkur kitob-alьbomda oʼzbek hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining boy tarixi, bugungi rivojlanish tamoyillari va kelgusi istiqbollari haqida qiziqarli maʼlumotlar jamlangan. Shuningdek, unda yurtimiz va chet ellarda eʼtirof etilgan usta hunarmandlarning faoliyatiga keng oʼrin berilgan.

“Hunarmandchilikning oʼlmas anʼanalari”, “Kandakorlik-moʼʼjizaviy sanʼat” kabi boʼlimlarda mamlakatimizdagi milliy hunarmandchilikning oʼziga xos maktablari va ularning tarixiy ildizlariga oid manba va fotosuratlar har bir kishida katta taassurot qoldiradi. Fargʼona viloyati hamda Qoʼqon shahrining hunarmandchilik maktablari ham bu kitob-albomda aks etgan.

photo_2019-09-15_12-59-11.jpg

 

photo_2019-09-15_12-59-13.jpg