16.09.2019 185

Festivalda 80 kilolik laganga osh suzildi


Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida ishtirokchilarni hayratga soladigan juda ko‘plab xunarmandchilik namunalari ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Rishton tumanidan mohir kulol Ravshanbek Tojiddinov bugun o‘zi yasagan gigant lagan namunasini namoyish qildi. Uning og‘irligi 80 kilogramm. Diametri 1,2 metr. Bir paytning o‘zida laganga 40 kilogramm osh sig‘dirish mumkin. Uning tayyorlanish jarayoni uchun roppa rosa uch yil vaqt sarf etildi. 

Festival doirasida o‘sha lagan uchun damlangan osh solindi va ishtirokchilarga taqdim etildi.