20.04.2016 2834

Buxoroda tadbirkorlar uchun seminar-treninglar tashkil etildi


Joriy yilning 12-14 aprel kunlari Buxoro viloyatidagi “Nurefshan” mehmonxonasida “Biznes reja va texnik-iqdisodiy asoslantarish” mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi xuzurida tashkil etilgan “BUKHARA BUSINESS TRAINING” Nodavlat ta’lim muassasasi va Evropa Ittifoki Komissiyasi bilan xamkorlikda MTR loyihasi doirasida hususiy tadbirkorlik sub’ektlari rahbar xodimlarini biznes kurslariga o‘qitish maqsadida tashkil etilgan.

Seminarda jami 25 nafar tadbirkorlar ishtirok etishdi va seminar-treningda faol ishtirok etgan 23 nafar tadbirkorlar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Seminar yakunida tadbirkorlar tashkil etilgan seminar-trening to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar va ko‘shimcha ravishda viloyatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlarini faoliyatini rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish, eksport shartnomalarini tayyorlash, soliq qonunchiligi to‘g‘risida keng qamrovli seminar-treninglar tashkil etish to‘g‘risida takliflar bildirildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Matbuot xizmati