09.10.2019 549

"Made in Uzbekistan" Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi


2019 yil 23-25 ​​oktyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "O'zekspomarkaz" MKK AJ tomonidan Respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi "O'zekspomarkaz" MKK AJning 3- va 4-sonli pavilonlari, 2-sonli Atrium zali va ochiq maydonlarida bo'lib o'tadi.
Ko'rgazmaning maqsadi va vazifalari - mahalliy korxonalarning eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarini namoyish etish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatish.
Ko'rgazmada iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlari: tog'-kon sanoati, neft-gaz sektori, kimyo va farmatsevtika sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, qurilish sanoati, to'qimachilik va charm-poyabzal sanoati, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati, shuningdek moliya muassasasalari xizmatlari, xalq-amaliy san'ati va O'zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etiladi.
Ta'kidlash joizki, eksportni kengaytirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni ko'paytirish maqsadida ushbu ko'rgazmada respublikaning barcha mintaqaviy korxonalari va birlashmalari ishtirok etadi.
Ko'rgazma doirasida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyati taqdimoti, tayyor to'qimachilik mahsulotlarining moda namoyishi o'tkaziladi, qo'l san'ati va milliy oshxona mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari namoyish etiladi.

SSP Axborot-xizmati