15.10.2019 329

Savdo-Sanoat palatasi tomonidan viloyatlarda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" mavzusida kengaytirilgan yig'ilishlar o'tkazildi.


     O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 11 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan yig'ilishda joylarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun safarbar etilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish choralarini ko'rish uchun Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari, tegishli vazirliklar, joylardagi Bosh vazir qabulxonalari rahbarlari va xodimlari, shuningdek viloyat hokimlarining birinchi o'rinbosarlaridan iborat tarkibda 6 ta hududiy Ishchi guruhlar tuzildi. 
      Ishchi guruhlarga joylardagi hokimlari bilan birga hududlarga borgan holda, har bir tadbirkor bilan ishlash, muammosini tezkorlik bilan hal etishni nazarda tutuvchi “Xovos tajribasi”ni barcha tuman (shahar)larda joriy etish, hududda tadbirkorlar bilan bevosita ishlovchi tashkilotlar, xususan hokimliklar va banklarning mas'ul xodimlariga tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik mazmunini tushuntirish, ularning qonunchilikka rioya etilishi ahvolini o'rganish va baholash tizimini joriy etish, tuman (shahar)ning o'ziga xos hususiyatlari va imkoniyatlarini o'rganib, ularni ixtisoslashtiruv yo'nalishlarini belgilab olish, faoliyat ko'rsatmayotgan tadbirkorlarga alohida e'tibor qaratgan holda, muammolarini aniqlash va ularni hal etishga amaliy ko'maklashish, faoliyatini tiklash, ohirgi ikki yil davomida banklar tomonidan moliyalashtirilgan, ammo faoliyatini boshlamagan loyiha bo'yicha mavjud muammolarni hal etib, qurilish-montaj va infratuzilmaga ulanish ishlarini yakuniga yetkazgan holda, ob'ektlarni joriy yil ohiriga qadar ishga tushirilishini ta'minlash kabi qator vazifalar belgilab berildi.
     Joriy yilning 11 oktyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi -Ikramov Adxam Ilxamovich boshchiligidagi Ishchi guruh Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida bo'ldi. 

    9 ta ustuvor yo'nalish bilan ishlashni tashkil etishda mahalliy hokimlik va iqtisodiy kompleks idoralari xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo'llanmalar tarqatildi.

   Shuningdek, A.Ikramov Prezidentimiz so'ngi yig'ilishlarida alohida ta'kidlab o'tganlaridek tadbirkorlik masalasida ishlashda tuman hokimi va uning tadbirkorlik masalasidagi birinchi o'rinbosari, har bir iqtisodiy kompleksning xaftalik ish rejasi bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiya bilan tanishtirdi.

      Yig'ilish davomida tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, yo'nalishlarga mas'ul idora va tashkilotlar mas'ullari va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari eshitildi.

    Yig'ilish so'ngida joylarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun safarbar etilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish choralarini ko'rish bo'yicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosiga mahalliy hokimlar va ularning birinchi o'rinbosarlari bilan birga, har bir iqtisodiy kompleks rahbarlari javobgar ekanligi, har oyning yakuni bilan ularning hisobotlarini eshitib borish tizimi joriy etilishi, shuningdek ishlab chiqilgan baholash me'zonlariga asosan yil so'ngida ular faoliyatiga baho berilishi bo'yicha yana bir bor eslatib o'tildi.Yig'ilish videoselektor tarzida o'tkazilib, unda viloyat hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, barcha iqtisodiy kompleks hududiy idoralari rahbarlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari, tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok qildi.

    Selektor yig'ilishida Ishchi guruh rahbari A.Ikramov so'zga chiqib, qariyb har oy shaxsan davlat rahbarimiz boshchiligida tadbirkorlik masalasiga bag'ishlangan yig'ilishlarni o'tkazayotganliklari, Sirdaryo va Qoraqalpog'istonga qilingan ohirgi tashriflari, shuningdek joriy yilning iyul, avgust oylarida o'tkazgan yig'ilishlari tadbirkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi belgilab berilgan 9 ta asosiy yo'nalishlarni mazmuni, har bir yo'nalish bo'yicha ishni tashkil etish tartibi bo'yicha tushuntirish berib, har bir yo'nalish bo'yicha mas'ul idoralarni belgilab berdi.

   Tadbirkorlar tomonidan bu kabi uchrashuvlar viloyatning chekka tumanlarida ham ko'proq tashkil etilishi haqida fikr bildirdilar.

   SSP Axborot-xizmati