21.04.2016 4286

O‘zbekiston-Gollandiya biznes forumiga taklif etamiz


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Evropa Ittifoqining «MTP» dasturi va Gollandiya Parrandachilik markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 26 may kuni Gollandiya davlatining Utrext shahrida O‘zbekiston-Gollandiya biznes forumi va kooperatsion birja o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu kooperatsion birjada Gollandiyaning bir qator parrandachilik sohasida faoliyat olib borayotgan etakchi kompaniyalari ishtirok etishi hamda ular bilan O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida muzokaralar olib borilishi va tomonlar o‘rtasida qiziqish bildirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik shartonmalarini imzolash kutilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu kooperatsion birjada ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlari Palataning zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi mas’ul xodimi Naim Temurxonga (tel: +99897 776-99-81, e-pochta: t.naim@chamber.uz) murojaat qilishingizni so‘raymiz.