22.10.2019 182

Investor va tadbirkorlar uchun qulay onlayn platformalar


Yurtimizdagi amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, investitsion muhit haqida bevosita batafsil ma'lumotga ega bo'lish maqsadida tadbirkorlar va investorlar uchun “Investitsiya portali” www.invest.gov.uz o'zbek, rus va ingliz tillaridagi ishga tushirilgan.

Investitsiya sohasidagi yangiliklar, qonunchilik bazasi, investor takliflari va ularga taklif etilayotgan loyihalar, respublikamizning investitsion va iqtisodiy salohiyatiga qaratilgan biznes-uchrashuvlar, B2B muzokaralar, ko'rgazma-yarmarkalar va investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar haqidagi ma'lumotlar keng yoritib boriladi. 

Mazkur portal bilan bir qatorda O'zbekistonda biznesni tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi, xorijiy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlarni berib boruchi www.chamber.uz sayti orqali doimiy ravishda habardor bo'lib borishingiz mumkin.