30.10.2019 946

China Expo «XXR Shinjon mahsulotlari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


2019 yil 12-14 noyabr kunlari "Yoshlar Ijodiy Saroyi"da kichik biznes uchun uskunalar va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan "Xitoyning Shinjon ko'rgazmasi" bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida uskunalar, mini-texnologiyalar, shuningdek kichik va xususiy biznes uchun tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

«Kichik biznes uchun uskunalar va mahsulotlar» – bu har yili o‘tkaziladigan Xitoy milliy iste'mol mahsulotlarining ko‘rgazma tadbiri bo‘lib, unda ishonchga sazovor bo‘lgan kompaniyalar o‘z mahsulotlari va yutuqlarini namoyish qiladilar.

Ko‘rgazma bo‘limlari:
  • Oziq-ovqat va qadoqlash;
  • Qurilish va qurilish materiallari;
  • Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari;
  • Tekstil, liboslar va poyabzal;
  • Transport xizmatlari;
  • Konsalting xizmatlari;
  • Kimyo sanoati;
  • Sog‘liqni saqlash sohasi mahsulotlari;
  • Metallik to‘rlar savdosi;
  • Energetika;
  • Po‘lat konstruksiyalar realizatsiyasi va boshqalar.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurish orqali sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:
  • Nafaqat innovatsiyalar bilan tanishish, balki o‘zingiz ishlayotgan va sizni qiziqtirgan sohadagi bozor mahsulotlari hamda yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma'lumot olishingiz mumkin;
  • Yangi ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatuvchi B2B uchrashuvlar. Ko‘rgazmada sizda ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi;
  • Norasmiy sharoitda qiziqtirgan savollarga javob olish va turli mavzularni muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga siz kompaniyalar vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali o‘zingizni qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni olasiz.

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamga murojat qilishingiz mumkun: +99871 256-36-13

SSP Axborot xizmati