01.11.2019 272

SSP da elektrotexnika sanoati sohasida importni optimallashtirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 2019 yil 1 noyabr kuni elektrotexnika sanoatida importni optimallashtirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zeltexsanoat” Uyushmasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas'ul xodimlari tomonidan elektrotexnika sanoatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari va importerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Davra suhbatini Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov olib borib, respublikamizda sanoat tarmoqlarining raqobatqodirligini ta'minlash, mahalliy mahsulotlarni sifat va texnik parametrlari bo‘yicha xorijiy o‘xshash tovarlarga nisbatan ichki va tashqi bozorlarda ustun bo‘lishlari milliy iqtisodiyotimizni yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishtirokchilar e'tiborini qaratdi.

Hozirda elektrotexnika sanoati respublikamizda yetakchi tarmoqlar qatoridan o‘rin olganligi, zamonaviy maishiy texnika va jihozlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish jadal rivojlanayotganligi, bunda yurtimizda tobora yangi va murakkab elektrotexnika tovarlari o‘zlashtirilishi yo‘lga qo‘yilayotganligi ta'kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga aksariyat elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarishda hamon chet eldan butlovchi qism va materiallarni import qilgan holda tayyor mahsulotni yig‘ishga e'tibor qaratilayotganligi, bunda butlovchi qism, materiallar va zarur komponentlarni mahalliylashtirish orqali importni optimallashtirish masalalari to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi, tarmoq korxonlari hamda hududiy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooparsiyasi zaifligicha qolayotganligi tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan atorflicha muhokama qilindi.

Tadbirda elektrotxenika sanoatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari to‘g‘risida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” Uyushmasi ma'sul xodimlari taqdimot qildilar.

Davra suhbati yakuniga ko‘ra tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan elektrotexnika sanoatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish borasidagi vazifalar, tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi mavjud muammolar muhokama etilib, elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish hamda importni optimallashtirish borasida taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

SSP Axborot xizmati