01.11.2019 568

Sichuan xalqaro palatasining O'zbekistondagi vakolatxonasi ochildi


2019-yil 1-noyabr kuni ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" formatida O'zbekiston-Xitoy biznes-forumi va biznes-muzokaralar bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan biznes-forum doirasida Sichuan xalqaro palatasining O'zbekistondagi vakolatxonasi ochildi.

Ushbu tadbirning maqsadi qo‘shma korxonalar va investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish.

Delegasiya tarkibidan avtomatlashtirish tizimlari, elektr va energetika texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, mexanik va elektrotexnika, aerokosmik, neft-kimyo va avtomobilsozlik kabi sohalarda faoliyat yuritadigan 20 dan ortiq yetakchi kompaniyalar o‘rin olgan.

Uchrashuv davomida Xitoy delegasiyasi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, O‘zbekistonda investisiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.       

Ta'kidlash joizki, tadbir davomida Sichuan xalqaro palatasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Sichuan xalqaro palatasi vakillari va Xitoyning yetakchi korxonalari ham taqdimot bilan ishtirok etdilar.  

 

Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida "B2B" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston va Xitoy                      korxonalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Muzokaralarda mamlakatimizning 100 ga yaqin tadbirkorlik sub'ekti ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston-Xitoy savdo assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.

O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 1016 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 116 tasi 100% Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalardir.    

Mamlakatimizda 73 ta Xitoy kompaniyasining vakolatxonalari akkreditasiyadan o‘tgan. Ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: neft va gaz, kimyo, farmasevtika va to‘qimachilik sanoati, transport, qurilish, telekommunikasiya va boshqalar. 

2018 yilda o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 6,42 mlrd.AQSh doll. (+35.2). Shu jumladan eksport - 2,8 mlrd. AQSh dollarni (+ 41,6%), import - 3,5 mlrd AQSh dollarni (+ 30,4%) tashkil etdi.

Eksportning asosiy pozisiyalari: tabiiy gaz, xizmatlar, to‘qimachilik mahsulotlari (shu jumladan paxta, paxta tolasi), plastmassa va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (etilen va propilen polimerlari), uran, mis, teri xom ashyosi, qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari.
Import: mexanik va elektr jihozlari, qora metal, rezina, kimyoviy va plastmassa buyumlar, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik maxsulotlari, farmasevtika.
So‘ngi yillarda mamlakatimizdan Xitoyga tabiiy gaz, to‘qimachilik mahsulotlari va etilen polimer yetkazib berish hajmi oshdi. Jumladan, shirin gilos, quritilgan mevalar, gilam kabi maxsulotlarni o‘z ichiga olgan yangi turdagi tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2018 yilning o‘zida Xitoyga shirin gilosning eksporti 500 tonnadan oshdi, yashil loviyasi 23,281 ming tonna, 26 tonna uzum urug‘i, 10580 ming tonna mayiz tashkil etdi.

SSP Axborot ximati 

Уш