04.11.2019 186

Milliy Teleradiokompaniya mahalliy mahsulotlar reklamasi uchun 50% chegirma e'lon qildi


Ma'lumki, korxona, mahsulot, xizmat, iqtisodiy faoliyatning biror turini ommalashtirishda reklamaning o‘rni beqiyosdir. Reklamaga savdoni xarakatlantiruvchi asosiy kuch deya tarif berilishi ham bejiz emas.

Davlatimiz raxbari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni ommalashtirish, reklama qilinishi uchun imkoniyatlar yaratilishiga aloxida e'tibor berilmoqda.

Xususan, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti raxbarligida 2019 yil 17 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 39-son bayonining 52-bandida maxalliylashtirilgan mahsulotlarni (xizmatlarni) ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilishda 50 foizli chegirmalar berish va boshqa qulayliklar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga, O‘zbekiston MTRK tizimidagi markaziy va xududiy tele-, radio kanallarda maxalliy mahsulotlar (xizmatlar)ni reklama qilish uchun 50 foizli chegirmalar belgilandi va 15 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi. 

Maxalliy maxsulotlar (xizmatlar)ni reklama qilish uchun 50 foizli chegirmali tariflari ilova qilinadi.

SSP Axborot xizmati