09.11.2019 130

SSP xududiy boshqarmalar xodimlari malakasi oshirilmoqda


Joriy yilning 8-9 noyabr' kunlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida, Palataning viloyat xududiy boshqarmalari boshliqlari malakasini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan seminar trening o‘tkazildi.


Seminar treningning birinchi kuni huquqiy masalalarga bag‘ishlandi. Xususan, tadbirkorlik sub'ektlarining manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlarning huquqiy saviyasini oshirish xamda korrupsiya xolatlarini oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish borasida taqdimotlar qilindi.


Xududiy boshqarmalari huzuridagi Hakamlik sudlari faoliyatini jadallashtirish masalalariga xam alohida to‘htalib, ularning faoliyati natijalariga xam axamiyat qaratildi.

Shu bilan birgalikda, hududiy boshqarmalar va Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu bilan birgalikda ular tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga sifatli xizmat ko‘rsatishda zarur chora tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyati, shu jumladan xududlarning eksport saloxiyatini oshirish, axolini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish, Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishida ko‘maklashish borasida xam tavsiyalar berilib, muhim vazifalar berildi.


Shuningdek, palata faoliyati oshkoraligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida xududiy boshqarmalar faoliyati chuqur taxlil etilib, ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlik qilish yuzasidan ishtirokchilar malakalari oshirildi.

Seminarda shuningdek 18-22 noyabr kundari o‘tkazilishi rejalashtirilgan sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasiga tayorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

SSP Axborot xizmati