29.04.2016 2896

Marketing tatqiqotlari va bozor tahliliga bag‘ishlangan seminar trening o‘tkazildi


Evropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va tadbirkorlarning salohiyatini orttirishga qaratilgan MTR (Managment Training Programme – Boshqaruv kadrlarin tayyorlash dasturi) loyiihasi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda 2016-yil 25-26 aprelь kunlari korxonalarning o‘rta va yuqori mutaxassislikdagi rahbarlari va yakka tadbirkorlar uchun «Marketing tatqiqotlari va bozor tahlili» mavzusida Nukus shahrida seminar trening o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad kichik biznes sub’ektlaridagi boshqaruv kadrlarining tajribasini orttirish, tadbirkorlarga marketing, segmentatsiya va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, bozor segmentini o‘rganish, xariydorning talablarini o‘rganish uchun savolnama ishlab chiqish, marketing instrumenti sifatida reklamaning to‘tgan o‘rni, raqobat va raqobatchilarni tahlil qilish, brending, biznesda innovatsiyalarning ahamiyati, marketing strategiyasini ishlab chiqish, kichik biznesda marketingning to‘tgan o‘rni mavzulari bo‘yicha o‘qitishdan iborat.

O‘quv seminarni MTR loyihasining eksperti F.Djabbarov olib bordi.

Shuningdek, tadbirda MTR loyihasining eksperti Yannis Zervas, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari, korxonalarning o‘rta va yuqori pog‘ona rahbarlari va yakka tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar o‘quv seminar davomida marketing va uning ajralmas qismlari bo‘yicha o‘z bilimlarini orttirish, shuningdek, ikki kun davomida to‘plagan tajiriybalarini har hil interaktiv topshiriqlar yordamida mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘zoro tajriba almashib, davlatimizda tadbirkorlarlik faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlar uchun ko‘rsatadigan xizmatlari haqida ma’lumotlar olishdi.

Tadbir o‘zoro fikr muloqazalarga boy bo‘lib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga seminar treneri va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislaridan javoblar olishdi.

Tadbir so‘nggida MTR loyihasining eksperti Yannis Zervas seminar treningni ahamiyati haqida so‘z etar ekan, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekistonda kichik biznesni natijali boshqarish va uning uzoq kelajagidagi rivojlanishini ta’minlay oladigan tajribali va bilimli tadbirkorlar va menedjerlar safini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etishini, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bugungi kunda aynan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib, ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, tadbirkorlarning xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishda samarali ishlar olib borayotganini, Palataga a’zolik har bir tadbirkorga o‘z faoliyatini yanaham rivojlantirish imkonini berishini aytib, MTR loyihasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda loyihalarni davom ettirishini ta’kidlab o‘tdi.

O‘quv-seminar so‘ngida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Tadbir haqidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Teleradiokanalining «Xabar» informatsion dasturi orqali yoritilish arafasida. «Erkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti Karakalpakstana» gazetalarida maqolalar chop etiladi.