14.11.2019 595

SSPda turk ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


13 noyabr 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Turkiya ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustaxkamlash to‘g‘risida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Savdo palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I. Jasimov va “Turk dunyosi muhandislari va me'morlari uyushmasi” raisi o‘rinbosari R.Etim turk delegasiyasi boshchiligida ishtirok etdishdi.

Islom Jasimov mexmonlarni iliq kutib olib, O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va investision saloxiyatga ega ekanligi xaqida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, xozirgi kunda O‘zbekistonda barcha soxalarda tadirkorlik kilish uchun sharoitlar mavjudligi va bunda  xorijiy investisiyalarning o‘rni muximligini xam takidlab o‘tdilar.

O‘z nutqi davomida Islom Jasimov o‘tkazilgan O‘zbekiston va Turkiya biznes forumi va B2B uchrashuvlari juda katta axamiyatga ega bo‘lganligini va ijobiy natijalarni ko‘rsatganligini takidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tomonlar qadimiy shaxarlarimizda juda katta inshootlar qurilayotganligi va bunda yangi binolar o‘z tarixini saqlab qolishi muximligini takidlab o‘tishdi.

Turkiya delegasiyasi bosh vakili Raif Yetim Savdo-sanoat palatasiga mexmondorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va O‘zbekistonga o‘zinig investision loyixalari bilan tashrif buyurganligini aytib o‘tdi. Turkiya korxonalari vakillari bir qator loyixalarini taqdimot davomida tanishtirib o‘tishdi. Ikki tomon vakillari qurilish va memorchilik soxasidagi xamkorlik va o‘zaro tajriba almashinishini davom etishini takidlashdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘z takliflarini bildirishdi va bu takliflar  o‘rganib chiqilib, foydali natijalarga olib kelishiga ishonch bildirishdi.

SSP Axborot xizmati