15.11.2019 750

18-22 noyabr kunlari Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o'tkaziladi.


Respublikamizda import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va kichik biznes sub'ektlari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish, hududlarning sanoat salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida 2019 yil 18-22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz” Aksionerlik jamiyatining ko'rgazmalar pavilonida Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo'lib o'tadi.

Respublika sanoat yarmarkasini o'tkazish mobaynida sanoat tarmoqlari va kichik biznes sub'ektlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va o'zlashtirish yo'lga qo'yilgan ilgari import qilinayotgan mahalliy mahsulotlarni xarid qilish hamda tarmoq xo'jalik birlashmalari, yirik sanoat korxonalari va Ustav jamg'armasida 50% dan ortiq davlat ulushiga ega bo'lgan korxona va tashkilotlarga mahsulotlar, butlovchi qismlar, materiallar va xom-ashyolarni yetkazib berish bo'yicha xo'jalik shartnomalari tuzish imkoniyatga ega bo'ladilar.

Respublika sanoat yarmarkasi to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko'maklashish boshqarmasiga +99878 150-60-06 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Barcha mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini mazkur Respublika sanoat yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

SSP Axborot-xizmati