19.11.2019 456

Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan istiqbolli vazifalar muhokama qilindi


Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 23 iyul, 2 avgust, 11 sentyabr va 7 noyabr  kunlari tadbirkorlik rivojlantirish yuzasidan kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishlari o'tkazilgan. Yig'ilishlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish va mavjudlari faoliyatini kengaytirishning qo'shimcha imkoniyatlaridan foydalanish, tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish, bo'sh turgan  yer uchastkalari va binolardan foydalanishni tashkil etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda bu borada iqtisodiy kompleks idoralarining o'zaro hamkorlikdagi ish faoliyati tashkil etish yuzaidan qator topshiriqlar berilgan.

Mazkur topshiriqlarni joylarda ijro etilish holatini o'rganish, tahlil qilib borish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan istiqbolli vazifalarni tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari va sohaga bevosita aloqador iqtisodiy kompleks idoralari bilan kelishib olish maqsadida 15 noyabr kuni Xorazm viloyatida videselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari va ularning iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik masalalarida o'tkazilayotgan yig'ilishlarda berilgan topshiriqlarning tub mohiyati, undan ko'zlangan asosiy maqsad va kutiladigan natijalar tushuntirildi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joylarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha belgilab berilgan 9 ta asosiy yo'nalish bo'yicha iqtisodiy kompleks idorlarining haftalik na'munaviy ish faoliyatini tashkil etish orqali vazifalarni amalga oshirish natijasida tuman (shahar)ning biznes muhitida kutiladigan ijobiy o'zgrishlar birma-bir muhokama qilindi.

Jumladan, 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida viloyatda qariyb 4,2 mingta kichik biznes sub'ekti davlat ro'yxatidan o'tgan va mos davr uchun belgilangan prognoz ko'rsatkichlar ijrosi 100 foizga bajarilgan. Ro'yxatdan o'tganlarning 1 909 tasi mas'uliyati cheklangan jamiyat, 1 234 tasi xususiy korxona, 1 166 tasi oilaviy korxona hisoblanadi.

Shundan so'ng, yo'nalishlarga biriktirilgan idora va tashkilotlar, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari axboroti tinglanib, tadbirkorlik yo'nalishida 2019 yil yakuni va 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar kelishib olindi.