21.11.2019 1319

SSPda "O'zbekiston-Italiya" davra suxbati bo'lib o'tdi


Prezident (gubernator) Attilio Fontana boshchiligidagi Lombardiya viloyati delegasiyasining O‘zbeksitonga tashrifi doirasida 2019 yil 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Italiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati, shuningdek В2В muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, aloqa va axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov, “Italiya-O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti xamda ikki davlat yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etishadi.

Tadbir davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi mavjud ijobiy dinamikani qayd etdilar va ularni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni faollashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi yig‘ilish qatnashchilariga respublikaning sarmoyaviy salohiyati, xorijiy kompaniyalar uchun imtiyoz va preferentsiyalar, shuningdek, savdo sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

Italiyalik sheriklar O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, shuningdek, OECDning "Doing Business" va Jahon bankining reytingida respublikaning mavqeini oshirishga yuqori baho berdilar. Italiya O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston SSP raisi Adham Ikromov o‘z nutqida joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra savdo hajmi 320,8 million dollarni tashkil etdi, bu 2017 yilga nisbatan qariyb 2 baravarga ko‘p.
Suhbat davomida tomonlar ushbu dinamikani mustahkamlash va o‘zaro etkazib berish turlarini yanada kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldilar.


«Biz Italiyaga O‘zbekistonning raqobatdosh mahsulotlarining keng assortimentini: elektr va kabel mahsulotlari, kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, paxta iplari, tayyor to‘qimachilik va ipak buyumlari, plastmassa, meva-sabzavot mahsulotlari va boshqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berishni tashkillashtirishni o‘rganishga tayyormiz. Yetkazib berishni ko‘paytirish uchun biz Italiyaning manfaatdor kompaniyalari bilan Rimda doimiy ko‘rgazma zaliga ega o‘zbek-italyan savdo uyini ochish uchun ishlashga tayyormiz, - dedi O‘zbekiston SSP rahbari Adham Ikromov.

Shuningdek, Italiya sarmoyalari, ilg‘or texnologiyalar va nou-xauni jalb qilgan holda O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi, vinochilik, to‘qimachilik, ipakchilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mebelsozlik, charm-poyabzal sanoati va neft-gaz sohasi hisoblanadi.


Umuman olganda, ko‘p tomonlama muzokaralarda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda ko‘pikli materiallar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan to‘ldirish mashinalari, avtomobil va qurilish oynalari ishlab chiqarish uskunalari, neft-kimyo sektori uchun fil'tratsiya tizimi, metallurgiya,yu qurilish va neft-gaz sanoatida faoliyat yuritayotgan Italiyaning yetakchi kompaniyalari vakillarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Davra suxbati doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «В2В» uchrashuvi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muzokaralar olib boriladi.  

Bugun Italiya delegatsiyasi Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida bo‘lib, yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar, sanoat korxonalarining eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifati va texnik xususiyatlari bilan tanishdi.
Delegatsiyaning tashrifi davom etmoqda, ertaga ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi O‘zbekiston-Italiya biznes-forumi va «G2В»uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

 

SSP Axborot xizmati