26.11.2019 3340

AQShda o'tkaziladigan stajirovkaga marxamat!


AMERIKA QO'SHMA SHTATLARI (AQSH)DA UCH HAFTA DAVOMIDA BO'LIB O'TADIGAN UZBEKISTAN BUSINESS LEADERS (UBL) DASTURI.

To'liq grant asosida AQShda o'z professional malakangizni oshirish imkoniyati

Dastur maqsadi:

  • O'zbekistonning yetakchi yosh ishbilarmonlari ko'nikma va bilimlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ilhomlantirish. Amerikalik va o'zbekistonlik ishbilarmonlar va korxonalarning global bozordagi raqobatbardoshligini ko'tarishga ko'maklashish.
  • O'zbekiston yoshlarini innovatsiyalar va tadbirkorlikning yangi shakllariga jalb qilish.
  • O'zbekistonning istiqbolli biznes yetakchi va tadbirkorlari uchun amaliyot o'tash imkonini yaratib berish, AQSH biznes qoida va tajribalari bilan yaqindan tanishtirish.
  • Iqtisodiy o'sishga intilayotgan o'zbekistonlik biznes vakillarining yetakchilik va texnik ko'nikmalarini oshirishdan iborat.

UBL- almashinuv dasturi nimadan iborat:

  • AQSH biznes sohasida uch haftalik amaliyot o'tash;
  • Washington D.C. da Deloitte Xalqaro kompaniyasi tomonidan o'tkazilakdigan 2 kunlik Biznes Yetakchiligi va Innovatsiyalar Laboratoriyasida ishtirok etish;
  • Muloqot, muzokara, rahbarlik va ishontira olish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminarda qatnashish;
  • AQSH biznes sohasi vakillari bilan o'zaro loyihalarni amalga oshirish;
  • Kuchli mentorlik dasturida ishtirok etish imkoniyati mavjud;

Dastur talablari:

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va doimiy rezidenti bo'lish;
  • 1979 yil 19 may va 1998 yil 20 may sanalari oralig'ida tug'ilgan bo'lish;
  • Ingliz tilini og'zaki va yozma ravishda mukammal bilish;
  • Tadbirkorlik sohasiga doir ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lish talab etiladi;

Amaliyot o'tash joylari:

  • Kichik korxonalar.
  • O'rta hajmdagi korxonalar.
  • Universitetlar.
  • Notijorat tashkilotlari.
  • Davlat idoralari.

Muhim sanalar:

Dasturda ishtirok etish anketasi 2019 yil 30 dekabrga qadar qabul qilinadi. 

Almashinuv dasturi:2020 yil aprel-may oylarida.

Ro'yxatdan o'tish uchun  https://ais.americancouncils.org/ubl manziliga kiring.

Stajirovka ingliz tilida olib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2019 yil 30-dekabrgacha.

Dastur hamkorlari:

Xalqaro Deloitte kompaniyasi;
Jorjtaun Universiteti qoshidagi MakKort jamiyat siyosati maktabi.

UZBEKISTAN BUSINESS LEADERS (UBL) dasturi  AQSH hukumati homiyligida AQSH Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro Ta'lim bo'yicha Amerika Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

SSP axborot xizmati