11.05.2016 4528

«Innovatsiyalar va HR sohasida IT-echimlar» mavzusida Birinchi HR-konferentsiya bo‘lib o‘tmoqda


Joriy yilning 11-12 may kunlari Wyndham Tashkent mehmonxonasida raqamli texnologiyalar davrida HR-siyosatni shakllantirishning eng sara keys va strategiyalari namoyish etiladi.

Poytaxtimizda «Innovatsiyalar va HR sohasida IT-echimlar» mavzusida Birinchi HR-konferentsiya bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbir DaVinci Solutions konsalting kompaniyasi tomonidan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkillashtirildi.

Konferentsiya maqsad va vazifalari, hamda uni o‘tkazishning g‘oyasi, kadrlar masalasi yuzasidan olib borilgan uzoq muddatli tadqiqotlar, HR sohasidagi jiddiy muammolar, «kadrlar» va innovatsiyalardagi tamomila «ochlik»ning mavjudligi natijasida vujudga keldi.

HR-konferentsiyada 200dan ortiq HR-direktorlar, top-menejerlar, biznes egalari, kadrlarni tanlash bo‘yicha mutaxassislar, davlat muassasalari va aktsiyadorlik jamiyatlari rahbar va vakillari, biznes-konsulьtantlar, trenerlar hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etadilar.

DaVinci Solutions konsalting kompaniyasi zamonaviy bozor voqeliklari va tendentsiyalarini o‘rgangan holda, kadrlar boshqaruvi va kadrlarni saralash sohasida, xodimlarni g‘ayrat bilan ishlashga yo‘naltirish va korporativ madaniyatni shakllantirish borasida eng keng tarqalgan xato va kamchiliklarni aniqladi.

Aksariyat hollarda, bu holatlar strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, eskirgan yohud sifatsiz softning qo‘llanilishi, kadrlarni saralashda zamonaviy uslublar va texnologiyalarning chegaralanganligi, xodimlarni g‘ayratlantirish tizimining sustligi bilan izohlanadi.

Aynan shularning barchasi, umumiy holda, kompaniyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: sotuvlar pasayadi, investitsiyalar «yonadi», harajatlar o‘zini qoplamaydi, samaradorlik va unumdorlik tushib boradi.

O‘zbekistonda «Innovatsiyalar va HR sohasida IT-echimlar» Birinchi HR-konferentsiyasi ushbu muammolarni muhokama qilish va ularning echimlarini topish uchun maydonga aylanishni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda ilk bora, IT industriyasining jahon miqiyosidagi giganti bo‘lmish SAP CIS (Germaniya)ning eng yuksak mahoratli ishlab chiquvchi mutaxassilari va tahlilchilari, HR-bo‘g‘imiga yo‘naltirilgan eng so‘nggi soft-ishlanmalarni maxsus auditoriyaga taqdim etishga tayyorlar.

SAP vakillari, nima sababdan HR biznesning birlamchi hamkori ekanligini dallilar asosida isbotlashga hamda dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bugunning o‘zida korporativ boshqaruvga tadbiq eta boshlagan innovatsiyalarni namoyish qilishga tayyordirlar.

Alohida sessiya doirasida internetda xodimlarni qidirish borasidagi trendlar, internet-rekrutment vositalari va ushbu yo‘nalishda mavjud texnologiyalar ko‘rib chiqildi. «HeadHunter» (Qozog‘iston) professional kompaniyasi xodimlar bilan ishlashning eng yangi texnologiyalari qanday ishlashini aniq misollarda namoyish qilib berdi. 

HR sohasining etakchi maslahatchilari va ekspertlari inson resurslarini boshqarish va bu sohadagi konsalting bilan bog‘liq mutlaqo noyob loyihalarni namoyish qildilar.

Konferentsiya to‘rt sessiyadan iborat bo‘lib, ulardan so‘ng ikkita panel munozaralar va tanlov bo‘yicha sessiyalar o‘tkazildi. Ularning har biri – amaliy tadbiq uchun mukammal ishlab chiqilgan reja; ertaning o‘zidayoq, o‘z samarasini amalda namoyon eta oladigan ko‘plab keyslar.

HR-konferentsiyaning ikkinchi kunida MDHda eng mashhur xedxanter, «Realiti» formatida faoliyat yuritayogan, Rossiyada yagona konsultant, Tom Hunt  (tomhunt.ru), Biznes-Rielti (realty4business.ru) loyihalarining egasi Vladimir Yakubning master-klassi bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida ishtirokchilar «G‘ayratlanishning yashirin kuchlari» bo‘yicha noyob amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishadilar. Ushbu tadbir amaldagi rekruterlar, xodimlar bilan ishlovchi menejerlar va biznes egalariga yo‘naltirilgan.

Konferentsiya xodimlarni g‘ayratlantirish vazifalarining keng bo‘g‘imida vaziyatni to‘g‘ri aniqlab olishga, hamda xodimlar bilan ishlashning eng maqbul usullarni aniqlashga ko‘maklashadi va realiti rejimida amalda qo‘llab ko‘rishga imkoniyat yaratadi.

HR-konferentsiya yakunida, ishtirokchilar tomonidan mamlakatning HR-bozoridagi eng dolzarb voqeliklar yuzasidan xulosa yasaladi, aniq tavsiyalar va mazkur sohani kelgusida optimallashtirish, HR-bo‘limlar va HR-konsaltingda ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyatiga eng so‘nggi innovatsiyalar va soft-qarorlarni tadbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.