27.11.2019 1468

Toshkent shahrida tadbirkorlar uchun forum bo‘lib o‘tdi


2019 yil 26 noyabr kuni Toshkent shahrida Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman, “Yuksalish” umummilliy harakati va Xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator vazirlik idoralar bilan xamkorlikda tadbirkorlar uchun biznes forum tashkil etildi.  

Forumda tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi. Biznes-ombudsmanning o‘rinbosari J. Urunov  tomonidan mehmonlarga Biznes-ombudsman faoliyati va institut tomonidan olib borilaetgan ishlar haqida batafsil so‘zlab berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 12 noyabrdagi ZRU-583-sonli qonuniga asosan Biznes-ombudsman institutining vakolati kengaytirilganligi aytib o‘tildi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik islohotlariga alohida e'tibor qaratildi.

photo2019-11-2617-34-07

Spikerlar sifatida Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi vakili Ronni Xayne, Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari El'mira Bositxonova, Toshkent Halqaro Vestminster Universiteti professori Akbar Ismanjanov va boshqalar taklif etildi.photo2019-11-2617-35-49

Forum doirasida spikerlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi va mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishi uchun imkon yaratildi.

 

 

Manba:biznesvakil.uz