29.11.2019 1237

SSP raisi boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi ish safari bilan Hindistonda.


27-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Hindistonga amaliy tashrifi boshlandi.

28 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri V. Muralidaran, Hindiston kimyo sanoat vaziri M. Mandavia, Hindiston sanoat va iqtisodiyot vazirining o'rinbosari A. Vandaxan bilan Dehlida qator uchrashuvlar o'tkazdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi darajasi, sog'liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, AKT, neft va gaz, kimyo sanoati va ta'lim sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar, shuningdek, Hindiston Eksimbanki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

====================================================

SSP rahbari A. Ikromovning Hindiston kimyo sanoati vaziri M. Mandavia bilan uchrashuvi chog'ida kimyo sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

M.Mandavia farmatsevtika sohasidagi hamkorlikka to'xtalar ekan, kelajakda Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan O'zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishning katta istiqbollarini ta'kidladi.

Shuningdek, u Hindistonda o'g'itlarning har xil turlariga talab katta ekanligini ta'kidlab, o'zbekistonlik o'g'it ishlab chiqaruvchilar Hindistonda har oy o'tkaziladigan xalqaro o'g'itlar savdolarida faol ishtirok etishlarini taklif qildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar 2019 yil 29 noyabrda Axmadobodda, Gujarat kompaniyalari ishtirokida, O'zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirgan korxonalar ishtirokida O'zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya imkoniyatlarini ochishga bag'ishlangan seminar (taqdimot) o'tkazishga kelishib oldilar.

====================================================

Hindiston sanoat va iqtisodiyot vazirining o'rinbosari A. Vadxavan bilan bo'lgan uchrashuvda o'zaro savdo aloqalarini kengaytirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Hindiston standartlari byurosi (BIS) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish korxonalarini inspektsiya qilish va litsenziyalash orqali mahsulotni avtomatik sertifikatlash bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek sinov natijalari va muvofiqlik sertifikatlarini o'zaro tan olish ustuvorligi alohida ta'kidlandi.

Uchrashuv davomida mamlakatlar o'rtasida imtiyozli savdo to'g'risida bitimni tayyorlash bo'yicha qo'shma tadqiqotlar bo'yicha hamkorlikni kengaytirish masalasi alohida muhokama qilindi.

 

SSP Axborot xizmati