03.12.2019 417

“Savdo va transport bo‘yicha mintaqaviy forum: tranzit muammolari va savdo uchun imkoniyatlar” mavzuidagi hududiy forum bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 3 dekabr kuni AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) boshchiligida Termiz shahrida “Savdo va transport bo‘yicha mintaqaviy forum: tranzit muammolari va savdo uchun imkoniyatlar” mavzuidagi hududiy forum bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Ukraina va AQSh singari 14 ta davlatdan  transport va logistika sohasida foliyat yurituvchi  120 ga yaqin yetakchi kompaniya vakillari hamda mutaxassislar ishtirok etishdi. 

O‘tkazilgan ushbu forumda viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, jug‘rofiy imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investisiyaviy xususiyatlari namoyish etildi, Markaziy Osiyoda transport va logistika sohasini rivojlantirish, tranzit va savdo imkoniyatlari xamda transport koridorlari salohiyatidan to‘laqonli foydalanish masalalari muhokama qilindi. 

Chegara mamlakatlar orqali boshqa mamlakatlarga yuklarni transport koridorlari orqali yetkazib berish salohiyatini oshirish bunda xar bir mamlakat o‘zining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishi muhimligi ta'kidlab o‘tildi. Transport koridori orqali Xitoy va Yevropaga yuklarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasidagi koridor orqali Janubiy Osiyoga xususan Pokiston, Hindiston va Arab davlatlariga yuklarni yetkazib berish masalalari muxokama qilindi va mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Amudaryo bo‘yida daryo portini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi va xar bir davlat vakillari transport tizimi, transport kompaniyalari saloxiyati, olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.
Tadbir doirasida transport, logistika sohasidagi ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

 

SSP Axborot xizmati