03.12.2019 641

Savdo-sanoat palatasi Sanitariya epidimiologiya organlari tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini har yili tekshirishga o'z e'tirozini bildirdi.


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Vazirlar Maxkamasining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimida ro'yxatdan o'tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o'tkaziladigan tekshiruvlar ro'yxatiga o'zgartirish va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Farmoni loyixasini jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazdi va o'z xulosasini berdi.

Xulosaga muvofiq:

Loyihada taklif etilayotgan tahrirga ko'ra, tibbiyot faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga berilishini e'tiborga olsak, shu davrda tadbirkorlik sub'ekti faoliyati xar yili tekshirilganda, ko'pi bilan besh marta tekshirilishi mumkin.
Biroq, bunday davriylik tadbirkorlarning norozigarchiligini keltirib chiqarishi mumkin.

Bayon etilganlarni hamda masalaning dolzarbligini e'tiborga olgan holda, litsenziya berilgan davrda kupi bilan ikki marta, ya'ni har ikki yarim yilda vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Shu bois, loyiha ilovasining 2-bandi bilan to'ldirilayotgan band matnida “bir yilda” so'zlarini “har ikki yarim yilda” so'zlari bilan almashtirish tavsiya etildi.

Ushbu SSP tomonidan berilgan takliflar e'tiborga olinib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.19 dagi PF-5884 sonli “Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimida ro'yxatdan o'tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o'tkaziladigan tekshiruvlar ro'yxatiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida” Farmoni qabul qilindi.