03.12.2019 777

SSP tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tadbirkorlar faoliyatini 2-3 yilda KO‘PI BILAN 1 marta tekshirish lozimligi yuzasidan xulosa berildi.


O‘zbekiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF–5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazdi va o‘z xulosasini berdi.

Unga muvofiq:

1.Loyiha 1-bandiga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Davlat yong‘in nazorati organlariga xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga tegishli ob'ektlarda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida muddatli: yong‘in xavfliligi bo‘yicha 1-guruhga kiradigan ob'ektlarda – bir yilda bir marta, 2-guruhga kiradigan ob'ektlarda – ikki yilda bir marta va 3-guruhga kiradiga n ob'ektlarda – uch yilda bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin”.

Shuningdek, loyiha ilovasining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmoni 2-ilovasini quyidagi mazmundagi 32-pozitsiya bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:

32.

Davlat yong‘in nazorati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar.

 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10 kundan

oshmagan

holda

Shuni e'tiborga olish lozimki, taklif etilayotgan tahrir bilan bir masalani ikki xil norma bilan tartibga solish nazarda tutilmoqda.

Bu, o‘z navbatida, noaniqliklar va ushbu normani turlicha talqin qilinishi holatlariga olib kelishi mumkin.

Ta'kidlash lozimki, vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmon 2-ilovasida keltirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek qonunchilik texnikasi talablarini inobatga olib, loyihaning 1-bandi va loyiha ilovasining 2-bandini birlashtirish hamda loyiha ilovasining 2-bandini quyidagi tahrirda bayon qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

2. Quyidagi mazmundagi 32-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

 

32.

Davlat yong‘in nazorati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan yong‘in xavfliligi bo‘yicha quyidagi muddatlarda:

1-guruhga kiradigan ob'ektlarda – bir yilda ko‘pi bilan bir marta;

2-guruhga kiradigan ob'ektlarda – ikki yilda ko‘pi bilan bir marta;

3-guruhga kiradigan ob'ektlarda – uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
3-guruhga kiradigan ob'ektlarda – uch yilda ko‘pi bilan bir marta yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish.

10 kundan

oshmagan

holda

Ushbu SSP tomonidan berilgan takliflar e'tiborga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.19 dagi PF-5884 sonli “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

SSP Axborot-xizmati