06.12.2019 891

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya maslahatlashuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya maslahatlashuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Maslahatlashuv kengashi faoliyatida Koreya Respublikasining BMT va JSTdagi sobiq elchisi va doimiy vakili janob Syok Yong Choy Koreya delegasiyasi rahbari sifatida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining mas'ul xodimi ham qatnashdi.

Maslahatlashuv kengashining yig‘ilishida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida respublikamizni Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga ko‘maklashish borasida ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi yo‘nalishlari muhokama etildi, mazkur jarayon davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi hamda Koreya Respublikasi delegatsiyasining respublikamizni Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga ko‘maklashish borasida amalga oshiradigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

SSP Axborot-xizmati