09.12.2019 856

Toshkent shahrida ko‘p tomonlama savdo tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.


Bugun Koreya Respublikasinig O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Toshentdagi “Lotte” mehmonxonasida “Ko‘p tomonlama savdo tizimi – muammo va javoblar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

..

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad hozirgi xalqaro savdo va ko‘p tomonlama savdo tizimining muammoli jihatlari yuzasidan fikr almashishdan iborat.

Seminarda Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari va Shimoliy Koreya tadqiqotlari universiteti rektori Ahn Xo Yong tomonidan ma'ruza qilindi.

Seminarda tegishli vazirlik va idoralar bilan birga O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining vakili ishtirok yetdi.

 

Tadbirda tomonlar O‘zbekistonning tashqi savdo strategiyasi va Koreyaning jahon savdo bozoriga chiqish borasidagi tajribasi to‘g‘risida atroflicha muhokama o‘tkazdilar.

SSP Axborot-xizmati