12.12.2019 1056

Nagoya shahrining Meri boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi.


12 dekabr kuni SSP raisi A. Ikramov bilan birgalikda Nagoya shahrining meri Takashi Kavamura boshchiligidagi delegasiya poytaxtimizdagi Yapon bog‘ida bo‘ldi.

Poytaxtimizda tashkil iilingan Yapon bog‘i Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik ramzlaridan biri xisoblanadi. Mexmonlar Yapon bog‘idagi “Karesansui” va “Chesenkaiyu” bo‘limlariga tashrif buyurishdi.


Shuningdek, delegatsiya a'zolari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib, u yerda Savdo sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, “Uzbekistan Airways” AJ raisi Baxtiyor Hakimov va “Uzbekistan Airports” raisi Ravshan Ismoilov bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar.

O‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona xamda savo-iqtisodiy aloqalarning xozirgi xolati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilindi.

Shuningdek, delegasiya a'zolari tashriflari davomida Toshkent shaxar xokimligida xamda poytaxtning bir qator nufuzli maskanlarida bo‘lishdi.
Toshkent shahar hokimligida  bo‘lib o‘tgan uchrashuvda poytaxt xokimi J.Ortiqxodjaev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va shahrimizdagi o‘zgarish va yangilanishlarga to‘xtalib o‘tdi. 
Qayd etish lozimki, Yaponiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifi tobora o‘sib bormoqda, 2019 yilda 2018 yilga nisbatan sayyohlarning tashrif ko‘rsatkichi 47 foizga o‘sganligi buning yaqqol misoli. 
Tashrif doirasida o‘tkaziladigan “Toshkent Nagoyani qarshi oladi” nomli tadbir uzoq muddatli va istiqbolli hamkorlikning mustahkam isboti bo‘lishini e'tirof etildi.

Nagoya meri Takashi Kavamura do‘stona munosabat va mehmonnavozlik uchun minnatdorlik bildirib, ularning shahri Yaponiyadagi eng sanoati rivojlangan hudud ekanligini va dunyoda orzular shahri sifatida tanilganligini qayd etdi. Toshkent bilan bugungi kunda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik olib borilayotganligini qayd etib, endilikda savdo-iqtisodiy yo‘nalishda, turizm, sog‘liqni saqlash, ta'lim va ilmiy texnik sohalarida qo‘shma loyihalarini amalga oshirilishini aytib o‘tdi. Hamkorlikning dastlabki bosqichida maktab o‘qituvchilari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.


Uchrashuv doirasida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti bilan Nagoya shahar madaniyat va turizm boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

SSP axborot xizmati