19.12.2019 2441

e-auksion.uz saytida 50 ta 4 sotixli yer uchastkalari o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan sotildi


19 dekabr kuni o‘tkazilgan elektron onlayn-auksionlarda 160 ta lot uchun 1076 nafar shaxs tomonidan ishtirok etish uchun ariza kelib tushgan. 

Shundan 78 ta savdolarda yer uchastkalari o‘ynalmoqda. 67 ta uy-joy qurish uchun hamda 11 ta tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari onlayn-auksion savdolarga chiqarildi. 

Hozirgi paytda ham yer uchastkalari uchun savdolar qizg‘in tarzda davom etmoqda.

19 dekabr' soat 12:00 holatiga ko‘ra, 50 ta 4 sotixli yer uchastkalari uchun savdolar o‘z yakuniga yetdi. Savdolarda ushbu yer maydonlari o‘rtacha 1,5 mln. so‘mdan sotildi.

Sizda ham yer maydoni 4 sotix bo‘lgan yer uchastkalarini uy-joy qurish maqsadida arzon narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati uchun savdoga chiqarilgan jami 11 ta yer uchastkalaridan 9 tasida auksion savdolari yakunlandi. Ular ishtirokchilar tomonidan 1,7 mln. so‘mdan 18 mln. so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib olindi.

17 ta uy-joy qurish hamda 2 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari savdolari davom etmoqda.

 

Manbaa: uza.uz

SSP Axborot xizmati