21.12.2019 3025

SSP da Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


20-dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov Pokiston Islom Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati Muhammad Yoqub Shayx bilan uchrashdi.

Uchrashuvda turizm, qishloq xo'jaligi, transport va logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Islom Jasimov Muhammad Yoqubga bo'lajak saylovlarda kuzatuvchi bo'lishiga qaramasdan Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u bugungi kunda O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanib borayotganini va Pokiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o'tkazilganini ta'kidladi.

O'z navbatida Muhammad Yoqub samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O'zbekiston Markaziy Osiyoda muhim mavqega ega ekanligini va barqaror va raqobatdosh iqtisodiyotga ega bo'lish uchun zarur bo'lgan resurslarga ega ekanligini ta'kidladi.

Tomonlar transport logistikasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida, Pokiston ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o'tkazish, chorvachilik, paxta va meva-sabzavot sohalarida 2020 yilga klasterlar yaratish rejalari muhokama qilindi.

 

SSP Axborot xizmati