24.12.2019 307

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi


“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (1027-son, 23.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar:

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

Agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar  - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

 

Manbaa: xuquqiy axborot 

SSP Axborot xizmati