26.12.2019 659

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi 2020/2021 o‘quv yili uchun qishki qabul e'lon qiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi tomonidan, 2020/2021 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qishki qabul e'lon qilinadi:

5A230202 - “Biznesni boshqarish” (Master of business administration - MBA), o‘qish davri 2 yil;
5A230203 - “Loyiha boshqaruvi” (Project Management), o‘qish davri 1 yil.
Shu bilan birga, tinglovchilarda BTEC Pearson (Buyuk Britaniya) tomonidan beriladigan xalqaro malakaviy diplomga ega bo‘lish imkoniyati mavjud. Oliy maktabda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllari asosida amalga oshiriladi.

Magistratura bilan bog‘liq barcha savollarga (71) 239-03-03,
(71) 239-03-11 va (97) 444 85 52 raqamlari orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

 

SSP Axborot xizmati