27.05.2016 2673

Samarqand viloyatida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida seminar bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi viloyat boshqarmasi, “O‘zstandart” agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida viloyatimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi mahsulotlar taqdimotiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

    

Seminarning asosiy maqsad va vazifalari mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni keng ommaga targ‘ib etish, tovar ishlab chiqaruvchilar orasida o‘zaro xamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, ularning bilim darajalari oshishiga imkoniyat yaratish, erishgan yutuqlarini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Samarqand Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i A.Akramov ma’ruzasi tinglandi.

    

Seminar yakunida ishtirokchilar tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.