20.01.2020 713

SSP tomonidan “Buxorogazsanoatqurilish” AJning 33 mlrd. so‘mlik debitorlik qarzi undirib berildi.


Savdo-sanoat palatasi Buxoro hududiy boshqarmasi tomonidan 2019-yilning oktyabr' oyida “Buxorogazsanoatqurilish” AJ manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga “Uzbekneftegaz” AJga nisbatan  33 mlrd. so‘m miqdoridagi debitorlik qarzini undirib berish yuzasidan da'vo arizasi kiritildi.

SSP tomonidan kiritilgan da'vo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, “Buxorogazsanoatqurilish” AJning huquqiy manfaatlari tiklanishiga erishildi.

“Mazkur debitorlik qarzining undirilishi tufayli “Buxorogazsanoatqurilish”  aksiyadorlik jamiyatining byudjet oldidagi 13 mlrd. so‘mdan ziyod soliq qarzlari, shu bilan birga ishchi xodimlarning 3 oylik ya'ni 9 mlrd. so‘mdan ortiq oylik ish haqlari qoplandi – deyiladi “Buxorogazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyatining Savdo-sanoat palatasiga yozgan o‘z minnatdorchilik xatida.

Agar sizning faoliyatingizda shunga o‘xshash muammolar bo‘lsa Savdo-sanoat palatasiga murojaat etishingiz mumkin.

SSP Axborot-xizmati