22.01.2020 2506

SINGAPUR – ARBITRAJ VA MEDIATSIYA MARKAZI


AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O'zbekistonda  sud-huquq islohotlari bo'yicha dasturi doirasida USAID bilan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi o'rtasida O'zbekistonda fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy madniyatini oshirish sohasida hamkorlik bo'yicha chora-tadbirlar Rejasiga muvofiq bir guruh mutaxassislar 2020 yil 11 – 20 yanvar kunlari Singapurda tanishuv safarida bo'ldilar.

Mazkur safarning maqsadi mediatorlar, hakamlik sudyalari, arbitrlar malakasini Singapurning qonunchiligi, xalqaro arbitraj va mediatsiya markazlari ish tajribasini o'rganish orqali oshirishdan iborat edi.

Guruh a'zolari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Foziljon Otaxonov, Hakamlik sudi raisining o'rinbosari Rustam Shaymardonov Singapur xalqaro mediatsiya instituti (SIMI), Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC),  Singapur xalqaro arbitraj markazi (SIAC), Amerika arbitraj assotsiatsiyasining Nizolarni hal qilish bo'yiicha xalqaro markazi (SIMC), Singapur menedjment universiteti (SMU), Nizolarni hal qilish Singapur akademiyasiga tashrif buyurdilar hamda ularda yuqori malakali mutaxassislar  Markus Lim, Chuvan Vi Meng,  Kevin Nash, Nadya Aleksander va boshqalar o'zlari faoliyat yuritayotgan tashkilotlar haqida o'zaro muloqot qilish orqali tushunchalar berdilar.

Tanishuv safari davomida guruh a'zolari Singapurni Osiyo va jahonda xalqaro arbitraj va mediatsiyaning bosh markazlaridan biriga aylantirgan arbitraj sudlari va mediatsiyani rivojlantirish bo'yicha Singapur qonunchiligi va amaliy tajribasi, shu jumladan ichki arbitraj (hakamlik sudi) faoliyatini tartibga soluvchi Arbitraj qonuni, xalqaro arbitraj faoliyatini tartibga soluvchi Arbitraj to'g'risidagi qonun, Mediatsiya to'g'risidagi qonunning mazmun-mohiyati; Singapurning xalqaro arbitraj markazlari tashkiliy tuzilmasi va faoliyati, xususan ularning Nizomi va Reglamenti, Direktorlar kengashining vazifalari, vakolati va funksiyalari; markazlarni boshqarish va moliyalashtirish bo'yicha ichki hujjatlari, arbitrlarga gonorarlar to'lash tartibi, moddiy-texnika bazasining holati va uni mustahkamlash bo'yicha markazlar faoliyati; xalqaro arbitraj markazlarining hukumat, davlat sudlari, adliya organlari bilan o'zaro hamkorligi; ularning xorijiy mamlakatlar tijorat arbitrajlari  va hakamlik sudlari bilan xalqaro aloqalarni o'rnatish bo'yicha ish tajribasi; xalqaro konferensiyalarni (seminarlar, davra suhbatlari) tashkil qilish va ularda qatnashish hamda tajriba almashish bo'yicha faoliyati, shuningdek  ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalari hamda nizollarni hal qilish tartibi bilan tanishdilar.

Bundan tashqari ular Singapur xalqaro mediatsiya markazlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyati, xususan mediatorlar tarkibi va o'tkazilgan mediatsiya protseduralari bo'yicha statistik ma'lumotlar; ularni sudlar, Adliya vazirligi, Singapur huquq akademiyasi, shuningdek Direktorlar kenggashi tomonidan institutsional qo'llab-quvvatlash; mediativ kelishuvlarni majburiy ijrosini sudga murojaat qilish orqali ta'minlash imkoniyati; oilaviy nizolarni majburiy ravishda mediatsiya protsedurasidan o'tkazish tajribasi; mediatorlarni akkreditatsiya qilish va sertifikatlash tartibini o'rgandilar.

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi bilan Nizolarni hal qilish Singapur akademiyasi bilan o'zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.