12.02.2020 511

“Automexanika Astana” va “Futuroad Ехро Astana” xalqaro ko’rgazmalariga barcha tadbirkorlarni taklif etamiz


15-17 aprel kunlari Qozog’istonning Nursulton shahrida joylashgan xalqaro “Ekspo” maydonida  “Automechanika Astana”va “Futuroad Ехро Astana” xalqaro ko’rgazmalari tashkil etiladi.

“Automexanika Astana” ko’rgazmasi  Qozog'iston, Yevropa, Rossiya va Osiyoning avtomobil bozorida yetakchi kompaniyalarni bir joyda jamlagan hamkorlik o’rnatuvchi maydon sifatida o'zini namoyon etgan bo’lib,  Qozog'iston va Markaziy Osiyoda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, avtomobil qismlari, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish uchun uskunalar va tovarlarning xalqaro ko'rgazmasi hisoblanadi.

“Futuroad Expo Astana” ko'rgazmasi tijorat va yuk transporti sanoatini rivojlantirish, shuningdek, Qozog'iston va Markaziy Osiyoda yo'l qurilishini rivojlantirishni yanada jadallashtirish maqsadida tashkil etiladigan xalqaro ko’rgazma.

Ko’rgazmalar tadbirkorlar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi.

1.Mahalliy mahsulotlarni soha mutaxassislariga namoyish etish va sotishni imkoniyatini qo’lga kiritish;

2.Qozog'iston, O'rta Osiyoning boshqa mamlakatlari va Rossiyaning Qozog'iston bilan chegaradosh mintaqalarida yuk tashish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar bilan biznes aloqalarini o'rnatish.

3. Yangi mijozlar, yetkazib beruvchilar, distribyutorlar va sheriklarni jalb qilsh.

Mazkur  ko'rgazmalar keng doiradagi biznes tadbirlar, shu jumladan soha mutaxassislari va yetakchi kompaniyalar taqdimotlari va seminarlari asosida o’tkaziladi.

Ko’rgazmlar haqida batafsil ma’lumot olish:   http://futuroad.kz/     http://automechanika.kz/

SSP Axborot-xizmati