13.02.2020 198

SSP Andijon viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida tadbirkorga 13 mln.643 ming. AQSh dollari miqdoridagi debitorlik qarzi undirib berildi.


Yurtimizda ishlab chiqarish korxonalarining soni ortib borishi bilan bir qatorda, sifatli, eksportbop mahsulotlarning sotuvi jahon hamda ichki bozorlarda ancha jadallashgan. Bunda esa tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imtiyozlar alohida ahamiyatga ega. Tadbirkorlar faoliyati uchun sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan SSP Andijon viloyati  hududiy boshqarmasi tomonidan “UzAuto Motors” AJning huquqiy manfaatlarini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ya'ni mazkur Aksiyadorlik jamiyati «UZAUTO-ASIA» «TURKMEN-UZAUTO» va  «UKR-UZAUTO» kompaniyalari bilan shartnomalar imzolagan bo‘lib, shartnoma shartlari qonunga zid ravishda xorijiy kompaniyalar tomonidan bajarilmasligi oqibatida umumiy qiymati 13 mln. 643 ming. AQSh dollari miqdoridagi debitorlik qarzlari vujudga kelgan.

 Mazkur vaziyat yuzasidan SSP Andijon viloyati  hududiy boshqarmasi tomonidan “UzAuto Motors” AJning manfaatida xorijiy sudga da'vo arizasi kiritildi va uning murojaati to‘liq qanoatlantirilib, 13 mln. 643 ming. AQSh dollari miqdoridagi debitorlik qarzlari javobgarlardan undirib berildi.

 Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntlariga murojaat qilishingiz mumkin.

SSP Axborot-xizmati