14.02.2020 563

Savdo-sanoat palatasining Ekspert kengashlari tarkibi yangilandi


O'zbekiston Respublikasi 2018 yil 9 iyuldagi O'RQ 483-con “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 29-moddasiga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek ular loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o'tkazish maqsadida Palata huzuridagi Ekspert kengashlari jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo'yicha Ekspert kengashlarini tashkil etilishi belgilangan.
Ekspertlar Kengashi - Savdo-sanoat palatasining maslahat beruvchi organi hisoblanadi.
Palata huzuridagi Ekspert kengashlari quyidagi yo'nalishlarda tashkil etildi:
1. Huquqiy masalalar bo'yicha;
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha;
3. Sanoat sohasi bo'yicha;
4. Bank va moliya masalalari bo'yicha;
5. Qurilish masalalari bo'yicha;
6. Yoshlar tadbirkorligi bo'yicha;
7. Hunarmandchilik sohasi bo'yicha;
8. Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini qayta ishlash bo'yicha;
9.  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha.
O'tgan 2019 yili Savdo-sanoat palatasida huquqiy masalalar, sanoat, bank-moliya, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalari bo'yicha jami 14-ta Ekspert kengashlari o'tkazildi hamda o'tkazilgan Ekspert kengashlarining tavsiyalari vazirlik va idoralarga yuborilgan.
Kengashlar tarkibiga Palata rahbarlari va xodimlari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot, ta'lim  va ekspertiza muassasalari, nodavlat notijoraat tashkilotlari xodimi va tadbirkorlik sub'ektlari vakillari kiritildi.
Shuningdek, Kengash faoliyat yo'nalishi bo'yicha davlat, huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar va xo'jalik boshqaruvi organlari vakillarini o'z ichiga olgan.
 Ta'kidlash lozimki, Ekspert kengashlari tarkibiga 71 ta tadbirkorlik sub'ektlarini  vakillari kiritildi.
O'tgan yili Ekspert kengash ishida tadbirkorlik sub'ektlarining faol qatnashganlarni alohida e'tirof etish kerak.
Umid bildiramizki, bu yil ham tadbirkorlik sub'ektlari Ekspertlar kengashi faoliyatida o'zlarini ishtiroki bilan davlatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga o'z hissasini qo'shadi.