14.02.2020 390

Jizzax viloyati Zomin tumanida «Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish» bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda. 2017 yilning 1 iyunidan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan obyektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun kasb-hunar kollejlarining binolarida o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda o‘quv kurslarini tashkil etish belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 5 iyundagi 351-sonli qarorini ta'minlash maqsadida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Jizzax filiali tomonidan Zomin tumanida Joriy yilning 10-14 fevral kunlari O‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek ushbu o‘quv kursda Zomin tuman Xokiming birinchi o‘rinbosari Sh. Juraev“Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan tashkiliy jihatlari va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari” mavzusida ma'ruza qilidi. Shu qatorda o‘quv kursda Zomin tuman DSI inspektori F.Sherbekov, Buxgalteriya xisobi , soliq va moliyaviy xisobot .Soliklar va majburiy tulovlar ular bo'yicha imtiyozlar, Savdo va xizmat ko'rsatishda nazorat kassa mashinalari(virtual kassa) va to'lov mavzusida ma'ruza qildi. Viloyat “Mikrokredit” bank amaliyot bo‘limi boshlig‘i M.Yusupov, Viloyat Davlat aktivlari boshqarmasi mutaxassisi D.Babanov va Viloyat Bandlik boshqarmasi mutaxassisi F.Axmedjanova va boshqa mutaxassislar eshtirok etishib yoshlarimizga ma'ruza qilishdi va savollarga javob berishdi, O‘quv kursda 49 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarimiz qatnashishdi.

SSP Axborot-xizmati