17.02.2020 1307

“Expo Kyurgizistan Euroasia-2020” ko’rgazmasi


2020 yilning 20-22 mart kunlari Qirg’izistonning Bishkek shahrida  birinchi xalqaro  “Expo Kyurgizistan Euroasia-2020” ko’rgazmasi tashkil etiladi.

Mazkur ko’rgazma ilk bor tashkil etilayotgan bo’lib, unda Qirg’iziston hamda boshqa mamlakatlarning qurilish, agrotexnalogiya, tekstil hamda boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etadi.

Ko’rgazma tadbirkorlaga  mahalliy mahsulotlarni dunyo bozorlariga yetkazishda hamda soha mutaxassislari bilan fikr almashishda keng imkoniyat yaratadi.

Ko’rgazma doirasida qurilish xom-ashyolari, zamonaviy uskunalar hamda innavatsion g’oyalar namoyishi tashkillashtiriladi.

Forum haqida batafsil ma’lumot: www.cci.kg

SSP Axborot-xizmati