18.02.2020 555

Tadbirkorlik faoliyatining asoslari mavzuidagi o‘quv kurslari davom etmoqda


Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazining Xorazm viloyati filiali tomonidan Hazorasp va Qo‘shko‘pir tumanlarida "Tadbirkorlik faoliyati asoslari" mavzuidagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kurslarida tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi bo‘lgan aholi vakillaridan iborat 60 dan ortiq tinglovchi ishtiroq etdi.  

Mazkur tadbirda davlat tashkilotlarining vakillari ham ishtirok etishdi. Hazorasp tumanida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Xorazm  filiali raxbari Kurbonboeva Rayxon, Iqtisodiyot va Sanoat boshqarmasidan Tajiev Toxirjon, Davlat xizmatlari markazidan Karimov Nodir va boshqalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Qo‘shko‘pir tumanida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursida esa tuman xokimining o‘rinbosari Ortiqov Odilbek, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Xorazm  filialining bosh mutaxassisi Sadullaev Bobur va boshqa mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi va qatnashchilarga yetarlicha ma'lumot berishdi.

O‘quv kurslar yakunida muvaffaqiyatli qatnashgan tinglovchilarga sertifikatlar berildi va “Tadbirkorlik faoliyati asoslari" o‘quv kurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

 

SSP Axborot xizmati