18.02.2020 440

Farg‘ona viloyatida "Buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy xisobot" mavzuzida seminar bo‘lib o‘tdi


Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash” mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda. 2020 yilning 17 fevral' kuni, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon Yengil-sanoat kollejida navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. 

     

O‘quv seminarining ikkinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi” Farg‘ona filiali raxbari I.Ataismatov, Xalq bank kredit bo‘lim mutaxassisi N.Mirzajonov, Marg‘ilon shaxar davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektor Madkarimov Omonullo, Moliya bo‘limi mutaxassisi Maxmudov Alisher, Axoli bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassis Toshpo‘latov Abdulazizlar qatnashib seminar ishtirokchilariga o‘zlarining soxalarida bo‘layotgan yangiliklar borasida ma'ruza qildilar. 

O‘quv seminarida 73 nafar maxalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan axoli vakillari qatnashdilar. Seminar ishtirokchilari soxaga oid savollarga javob oldilar.

Mazkur o‘quv seminar 21-chi fevral'ga qadar davom etadi.

 

SSP Axborot xizmati