18.02.2020 413

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub'ektlarining muammolarini o‘rganmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy majlisga bo‘lgan Murojaatnomalaridan kelib chiqgan holda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi tadbirkorlik sub'ektlarining muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida kerakli chora tadbirlar olib bormoqda.

Viloyat boshqarma boshlig‘i S.K. Ergashev, tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tumanidagi “FAZO LUXE” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, MChJning rahbari bilan suhbatlashdi.

  

Ushbu tadbirkorlik sub'ekti bugungi kunda eksport salohiyatiga ega bo‘lgan korxonalardan biri xisoblanadi. Bu yerga tashrif buyurishdan asosiy maqsad, korxonani yillar davomida qiynab kelayotgan “suvoqava” (kanalizasiya) tizimidagi muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida “FAZO LUXE” MChJdan SSP Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Ergashevga kelib tushgan shikoyat arizasi joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi. Hozirda korxonaga barcha zarur amaliy yordamlarni ko‘rsatishga doir xujjatlar to‘planmoqda. 

“FAZO LUXE” MChJning "suvoqava” tizimidagi muammolari yechimi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

 

SSP Axborot xizmati