21.02.2020 1062

Toshkent xalqaro investitsiya forumi noyabr oyiga qoldirildi


Koronavirus tarqalishi sababli global epidemiologik vaziyat yomonlashayotgan bir paytda, O'zbekiston Respublikasi hukumati Toshkent xalqaro investitsiya forumi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisini 2020 yil noyabrga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur o’zgarish, 2019 nCov virusi forum ishtirokchilari, shu jumladan chet ellik mehmonlar va mamlakatimiz fuqarolari orasida tarqalishining oldini olish zarurati bilan amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, forumda ro'yxatdan o'tganlar soni 1706 kishini tashkil etib, ulardan biznes vakillari - 1284, xorijiy davlatlar - 422, ommaviy axborot vositalari – 42tani tashkil etdi. Ro'yxatga olingan xalqaro ishtirokchilar  dunyoning 63 mamlakatini qamrab oladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumini tashkil qilish sanasi tez orada e'lon qilinadi.

 

SSP Axborot xizmati