21.02.2020 174

SSP tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida talabalarini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi


2020 yilning 21 fevral' kuni Yangier shaxar Tibbiyot kolleji bitruvchi talabalarini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda soha mutahassislari tomonidan yurtimizda investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub'ektlari uchun qulay imkoniyat va sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratish, hususan, chekka hududlarda tadbirkorlar faoliyatida innovasion texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini yanada kengaytirish masalalari hususida so‘z yuritildi. 

Tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi sektor mudiri S.Kenjaeva tomonidan joriy yilda biznes reja tuzish sir asrorlari hamda berilayotgan imtiyozli kreditlar va Savdo sanoat palatasining vazifalari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi. 

– Bugungi seminarda joriy yildan soliq sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va yengilliklardan xabardor bo‘ldik, dey¬di Yangier shaxar “Fud oil impeks” xususiy korxonasi rahbari X.Mo‘minov. – Bu yerda olgan ma'lumotlarim asosida o‘zim rahbarlik qilib kelayotgan korxonamning ishchi-xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazishni, yoshlar ish jarayoni uchun yangi texnologiyalarni joriy etishni hamda milliy mahsulotlarimizni jahon bozorlariga chiqarishni maqsad qildim.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir doirasida aholi, tadbirkorlik sub'ektlari va yoshlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolar, shuningdek, hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan, fuqarolarni qiynayotgan masalalar muhokama etildi, ularning ayrimlarini shu yerning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi.

 

SSP Axborot xizmati