21.02.2020 279

Jizzax viloyatida «Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish» bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda


Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi Jizzax filiali tomonidan Zafarobod tumanida joriy yilning 17-21fevral kunlari O‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek ushbu o‘quv kursda Zafarobod tuman Xokimining birinchi o‘rinbosari K.Rizaev “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan tashkiliy jihatlari va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari” mavzusida ma'ruza qildi.

 

Shu qatorda o‘quv kursda Zafarobod tuman DSI inspektori T.Yuldashev: buxgalteriya xisobi, soliq va moliyaviy xisobot, soliqlar va majburiy to‘lovlar ular bo‘yicha imtiyozlar, savdo va xizmat kursatishda nazorat kassa mashinalari (virtual kassa) va to‘lov mavzusida ma'ruza kildi.

Viloyat Bandlik bosh boshkarmasidan F.Axmedjanova mexnat qonunchiligi, kadrlarni tanlash va o‘kitish mavzusida, Viloyat «Kafolat sugurta kompaniyasi» AJ viloyat filiali mutaxasisi O.Nomozboev «Tadbirkorlik faoliyati yuritishda sug‘urta turlarining turlari» tug‘risida, Viloyat bojxona boshkarmasidan F.Eshaliev: tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport va import operatsiyalari to‘g‘risida tinglovchilarimizga ma'ruza qilishdi va savollarga javob berishdi.

O‘quv kursda 51 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarimiz qatnashishdi.

 

SSP Axborot xizmati